












































Buxoro davlat texnika universitetida texnikum direktorlari va direktor o‘rinbosarlari ishtirokida keng qamrovli yalpi sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qator ustuvor vazifalar belgilanib olindi.
Jumladan, ish beruvchi tashkilot va korxonalar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, bitiruvchilarni sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ish bilan ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari orqali o‘quv jarayonlarini zamonaviy talablarga mos holda boyitish vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida kasbiy ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan va ta’lim jarayonlarida yuqori natijalarga erishgan bir qator pedagog xodimlar alohida e’tirof etildi hamda ularga tashakkurnomalar topshirildi.




