83





Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’i Azamat Naimov 1 Oktabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil qilingan bayram dasturlarida ishtirok etib “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlarini topshirish marosimga qatnashdi.
Ma’lumot o’rnida viloyat bo’yicha 19 nafar ustozlarga “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda 18 nafar ustozlarga “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari topshirildi.