886
Qorovulbozor tuman kasb-hunar maktabida umumxalq xayriya hashari hamjihatlikda o‘tkazildi
Ulug’ ayyomimiz – Navro’z bayrami oldidan ko’cha va xiyobonlar xalq tashabbuskorligi bilan tartibga keltirilib, qadamjoylarimiz obodonlashtirildi.
Erta tongdan ahil jamoa a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hashar ishlariga faol qatnashishdi. Xayriya hashari davomida kasb-hunar maktabi ishchi xodimlari tomonidan binolar hamda tashqi inshootlarda tozalash ishlari olib borildi.




