Buxoro viloyatidagi kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari kasbiy salohiyatini oshirish hamda qishki ta’til davrida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha o’quv seminarlar o’tkazilmoqda.
Umumta’lim fan o’qituvchilari uchun Buxoro tuman kasb-hunar maktabi, Jondor tumani 1-son kasb-hunar maktabi, G’ijduvon tumani 1-son kasb-hunar maktabida “Innovatsion dars o‘tish metodlari va usullaridan foydalanib zamonaviy pedagogikada ta’lim sifati va samaradorligini oshirish zamonaviy pedagogikada ta’lim sifati va samaradorligini oshirish” hamda umumkasbiy Vobkent tumani 2-son kasb-hunar maktabida “Kasbiy ta’lim tashkilotlarining maxsus fan o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan o’quv amaliyotlarini hamda xom-ashyo materiallaridan samarali foydalanishni to’g’ri tashkil etish va innovatsion dars o‘tish metodlari va usullaridan foydalanish bo’yicha” o’quv seminarlari o’tkazildi.






Bugun Buxoro neft va gaz sanoati kollejida professional ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish ta’lim ustalari hamda maxsus fan o’qituvchilari ishtirokida raqamli ta‘lim resurslari, o’qitish materiallari to’plamlarini tayyorlash hamda ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy metodlar foydalanish bo’yicha o’quv seminar o’tkazildi.