Bugun Buxoro davlat texnika universitetida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi rahbariyati hamda oliy va kasbiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda Buxoro viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Azamat Naimov so‘zga chiqib, fidoyi ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ham so‘z olib, ustozlarga o‘z minnatdorlik va ezgu tilaklarini izhor etdilar. U o‘z nutqida ta’lim tizimidagi ulkan islohotlar, yoshlarga ilm berish, tarbiyalash va ularni vatanparvarlik ruhida kamol toptirish yo‘lidagi ustozlarning mehnatini yuksak qadrlash zarurligini alohida ta’kidladi.
Tadbir yakunida Azamat Naimov — Buxoro viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ko‘krak nishonlari va esdalik medallari tantanali ravishda topshirildi.
Oliy ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar
Siddiqova Sadoqat G‘afforovna – Buxoro davlat texnika universiteti rektori
Imomov Shavkat Jaxonovich – Buxoro davlat texnika universiteti tabiiy resurslarni boshqarish fakulteti dekani sifatida ishlagan.
Adizov Rashid Tuxtayevich – Buxoro davlat texnika universiteti texnologiya fakulteti dekani
Davlyatova Mavlyuda Baxtiyorovna – Buxoro davlat texnika universiteti metrologiya va standartlashtirish kafedrasi dotsenti
Teshayev Shuxrat Jumayevich – Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori
Niyazov Laziz Nurxonovich – Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha prorektori
Yanchenko Sergey Vladimirovich – Buxoro davlat tibbiyot instituti Oftalmologiya kafedrasi professori
Amonov Muxtar Raxmatovich – Buxoro davlat universiteti kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi professori
Xaitov Shadmon Axmatovich – Buxoro davlat universiteti arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi professori
Astanova Gulnora Aminovna – Buxoro davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori
Ibragimov Nutfillo Salimovich – Buxoro davlat universiteti turizm va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasi mudiri
Mamurov Boboxon Jo‘rayevich – Buxoro davlat universiteti matematik analiz kafedrasi professori
Abdullayev Mexriddin Junaydilloyevich – Buxoro davlat universiteti sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri
Qosimova Mavlyuda Muhammadovna – Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti










O‘rta-maxsus va professional ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar
Sanoyev G‘olib Dilmurodovich – Buxoro viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi
Jo‘rayev Behzod Ravshanovich – Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi direktori
Hamroyev Azamat Norqulovich – Qorako‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori
Xatamov Umedjon Ismatilloyevich – Buxoro soliq texnikumi o‘qituvchisi
Jumayeva Nazokat Sayfullayevna – Jondor agrotexnologiyalar texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi
Xolova Lobar Xudoyberdiyevna – Peshku tuman 1-son politexnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi
Raxmonova Moxinur Isroilovna – Afshona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi stomatologiya fani o‘qituvchisi
Azimov Azizbek Adizovich – Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi
Fazliyev Shamsiddin Saloydinovich – Vobkent sanoat va transport texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi
Umarova Nargiza Bekmuratovna – Olot tuman politexnikumi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Nasriyeva Dilafruz Muhiddinovna – Shofirkon agrotexnologiyalar texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi
Yusupov Azamat Ortiq o‘g‘li – Vobkent tumani 2-son politexnikumi informatika fani o‘qituvchisi
Yoshiyeva Kamola Shavkatovna – Qorako‘l tuman 1-son politexnikumi umumkasbiy fan o‘qituvchisi
Qandaxorov Muhammad Hamdovich – Shofirkon tuman politexnikumi maxsus fan o‘qituvchisi
Murodova Nafisa Erkinovna – Romitan tuman 1-son politexnikumi biznes asoslari fani o‘qituvchisi
Idiyev Nozim Qayumovich – Buxoro tuman politexnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi
Saidova Oliya Islomovna – Peshku tuman 2-son politexnikumi tarix fani o‘qituvchisi
Qo‘ziboyev Jamshid Durdi o‘g‘li – Qorako‘l tuman 2-son politexnikumi maxsus fan o‘qituvchisi
Jumaqulov G‘olibjon Hasanovich – Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyi ijrochi direktori
Xodjiyev Azamat Baxodirovich – Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Abduraxmonov Elbek Usmonovich – Buxoro davlat texnika universiteti akademik litseyi matematika fani bosh o‘qituvchisi




























