Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, sayyor yig‘ilishlar o‘tkazish bo‘yicha reja grafiklar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu grafik asosida ishlar doimiy belgilangan tartibda tashkil qilib kelinmoqda.
Boshqarma tomonidan 2024 yil yanvar-iyun oylarida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 79 ta murojaat ro‘yxatga olingan. Shundan virtual qabulxona orqali 36 ta murojaat, bevosita idoraga kelib tushgan murojaatlar 17 ta tashkil etadi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra virtual qabulxona orqali kelib tushgan 36 ta murojaatning, 6 tasi qanoatlantirilgan, 24 tasi tushuntirilgan, 6 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan. Bevosita idoraga kelib tushgan 17 ta murojaatlarning 5 tasi qanoatlantirilgan, 12 tasi tushuntirilgan. Sayyor qabul orqali 10 ta murojaat kelib tushgan.
Taxliliy ma’lumot:
Boshqarmada 2024-yilning 1-choragida jismoniy va yuridik shaxslardan virtual qabulxona orqali 26 ta (47%), yozma 11 ta (20%), og‘zaki 18 ta (32%) jami 55 ta murojaat kelib tushgan. 2024-yil
2-choragida esa 24 ta murojaat kelib tushgan (jami yanvar-iyun oyida
79 ta) bo‘lib, 1-chorakda nisbatan murojaatlar soni 39 foiz (31 taga) kamaygan.