




Joriy yilning 21-24-may kunlari Toshkent shahridagi Toshkent iqtisodiyot universitetida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Buxoro viloyatidan 20 nafar yoshlar o’zlarining loyihalari bilan ishtirok etishdi. Maxsus komissiya tomonidan qo‘yilgan ballar natijalariga ko‘ra 11 nafar ishtirokchi g’olib deb topildi.
🌟Ismoilov Asrorbek O‘tkirbek o‘g‘li — Qamishdan Qogʻoz, Qogʻozdan Tarix, Tarixdan Buxoro: Buyuk Qayta Tugʻilish. Buxoro tumani
🌟Nazarov Jaxongir Ilhom o‘g‘li — “Xazon rezgi mavsumida tabiatda yuzaga kelgan xazon barglaridan foydalanib ekologik toza qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish”. Buxoro shahar
🌟Ramazonov Jahongir Abdurasul o‘g‘li — Harbiy Robot Dog. Romitan tuman
🌟Murodov Javohirshox Ma’murjon o‘g‘li — Aqlli hassa. Buxoro tuman
🌟Murodullayev Mironshox Nodirbek o‘g‘li — Inform robot. Buxoro shahar
🌟Abduxalimov Abdujalil Abdulaziz o‘g‘li — IMO_TEXT. Romitan tumani
🌟Jo‘raboyeva Gulzoda Nurmat qizi — “Gul kartoshkasidan ekoplastik ishlab chiqarish. Shofirkon tumani
🌟Mustaqimov Sherali Shuhrat o‘g‘li — Yig‘ma temir konstruksiyali yangi yil archasida sodir bo‘ladigan yong‘inlarni bartaraf etishda o‘z-o‘zini o‘chirish tizimi. Kogon tumani
🌟Sheraliyev Akobir Husen oʻgʻli — AquaWipe. Gʻijduvon tumani
🌟To‘ymurodov Alisher Azamat o‘g‘li — Gaz sizib chiqishi oqibatida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarni oldini oluvchi “Gaz detaktor”
Qurilmasi. Jondor tumani
🌟Fazlitdinov Jahongir Ravshanovich — “Ko’mir yoqilg’isi yonadigan tizimlarda chiqayotgan zararli tutunlarni tozalash” Buxoro shahar
💰Tanlov g‘oliblari bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida pul mukofotlarini qo‘lga kiritib, sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.