








Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF–158-son Farmoniga (https://lex.uz/docs/7166588)muvofiq kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash hamda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish boʻyicha Germaniyaning “AVESTOS” GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda “Malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy taʼlimga xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish” mavzusida forum o’tkazildi.
Germaniyaning “AVESTOS” GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forumda, Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B.Adilov, Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Z.Xudayberdiev, “AVESTOS” GmbH kompaniyasining bosh direktori Klaus Michel, “AVESTOS International” kompaniyasi boshqaruv direktori Antje Strauch, “AVESTOS” GmbH kompaniyasining O‘zbekiston, Vetnam va Xitoydagi loyihalar bo‘yicha menejeri Susan Strauch, Buxoro viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i A.Naimov, Qashqadaryo viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i O.Mavlonov hamda Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi texnikum direktorlari va 180 nafar ish beruvchi yirik korxonalar vakillari jami 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi.
Forum doirasida Buxoro viloyati texnikumlari hamda ish beruvchi korxonalari o‘rtasida dual ta’limni tashkil etish va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi.