50


Tadbir davomida talabalar o‘rtasida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari hamda yoshlar ongida halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Davra suhbatida Buxoro shahar prokurori yordamchisi B. Jumayev ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi. U korrupsiyaning ijtimoiy hayotdagi zararli oqibatlarini aniq misollar orqali tushuntirib, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va ogohligini kuchaytirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.
Mazkur tadbir yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va qonun ustuvorligini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.




