
Eng ko'p berilgan Savollar
Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar ham 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Faqatgina ushbu tavsiyanoma bo‘yicha imtiyoz birinchi tanlangan ta’lim yo‘nalishiga nisbatan tatbiq etiladi. Agar talaba test sinovi natijalariga ko‘ra imtiyozi bo‘yicha birinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilmaganda, to‘plagan bali bilan tanlangan barcha ta’lim yo‘nalishlariga umumiy tanlovda ishtirok etadi.
2021/2022 o‘quv yiliga xotin-qizlar uchun jami 2000 ta alohida davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari hududlar kesimida ajratildi. Ushbu qabul ko‘rsatkichlariga tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar orasidan eng yuqori ball to‘plaganlari qabul qilinadi. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan ammo ajratilgan alohida davlat grantiga tavsiya etilmagan xotin-qizlar test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari bilan tanlagan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy tanlovda ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunda, xorijiy fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan oliy ta’lim muassasasining sayti orqali abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tadi.
Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar ham 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Faqatgina ushbu tavsiyanoma bo‘yicha imtiyoz birinchi tanlangan ta’lim yo‘nalishiga nisbatan tatbiq etiladi. Agar talaba test sinovi natijalariga ko‘ra imtiyozi bo‘yicha birinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilmaganda, to‘plagan bali bilan tanlangan barcha ta’lim yo‘nalishlariga umumiy tanlovda ishtirok etadi.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘z hisobidan to‘lov-kontrakt bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilar o‘z ixtiyori bilan taqsimot komissiyasida ishtirok etishi va uning roziligi asosida komissiya qarori bilan taklif etilayotgan ish joylariga ishga yuborilishi mumkin. Bunda, bitiruvchilarning taqsimoti oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasasining taqsimot komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
2021/2022 o‘quv yiliga harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun oliy ta’lim muassasalari hamda ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) kesimida alohida qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturient sirtqi ta’lim shakli uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichiga da’vogar bo‘lishi mumkin.