
✅kasbiy ta’lim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish hamda kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona ko‘p tarmoqli o‘quv muassasalari tizimini joriy qilish;
✅kasbiy ta’lim tashkilotlarining akademik mustaqilligini ta’minlash hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish;
✅kasbiy ta’lim sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish, o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash jarayonlariga manfaatdor vazirlik va idoralarni keng jalb qilish, ularning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish;
✅kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish, o‘qitish yakuni bo‘yicha beriladigan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash;
✅kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, kasbiy ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus elektron platformani joriy qilish;
✅ kasbiy ta’lim tashkilotlarini zarur o‘quv adabiyotlari, uslubiy qo‘llanmalar va raqamli kontentlar bilan ta’minlash, ularning laboratoriya va ustaxonalarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash;
✅kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ko‘nikma va kompetensiyalarini baholash tizimini tubdan yangilash, ushbu jarayonda ish beruvchilar vakillari faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-sonli Farmoni.