





2025-yil 26–30 may kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida WorldSkills standartlari asosida “Quruq qurilish va suvoq ishlari” kompetensiyasi bo‘yicha II Xalqaro kasblar chempionati o‘tkazildi.
Chempionatda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston davlatlaridan jami 10 nafar malakali o‘qituvchilar ikkita modul “Quruq qurilish texnologiyalari asosida konstruksiyalarni yig‘ish” va “Burchaklar va choklarni shpaklyovka qilish, yakuniy pardoz ishlari” yo‘nalishi bo‘yicha kasb mahoratlarini namoyish etdilar.
Tanlov ishtirokchilarini baholash CIS – zamonaviy raqamli axborot tizimi orqali amalga oshirildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Buxoro transport va qurilish texnologiya texnikumi o‘qituvchisi Azizbek Azimov Adizovich faxrli 1-o‘rinni egalladi.