


“Alabuga Politeх” maxsus sanoat zonasi vakili Nazar Tailyanov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Adilov, viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Azamat Naimov hamda Buxoro viloyati Yoshlar ishlari agentligi boshlig‘i Shavkat Rahmonov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish, o‘quv jarayonlariga zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish, shuningdek, “2+2” shaklida ikki diplomli ta’lim dasturini tashkil etish hamda viloyat texnikumlari o‘quvchilarining “Alabuga Politeх”da to‘rt oylik amaliyotini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Kelishuvga ko‘ra, o‘quvchilarning yo‘l xarajatlari, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va yashash xarajatlari “Alabuga Politeх” tomonidan qoplanishi kelishib olindi.
Shu bilan birga, Buxoro viloyatida tashkil etilayotgan “Alabuga” maxsus sanoat zonasining o‘quv-amaliyot bazasini hamkorlikda shakllantirish, hamda “Alabuga Politeх”da amaliyot o‘tab qaytgan o‘quvchilarni Buxorodagi sanoat zonalarida ish bilan ta’minlash bo‘yicha ham o‘zaro kelishuvga erishildi.




