116
16-sentyabr kuni Buxoro viloyatiga xizmat safari davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov yangi talabalar turar joyini ochilish marosimida ishtirok etdi.
Institut byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zamonaviy loyiha asosida qad rostlagan ushbu talabalar turar joyi 4 qavat, 750 o‘rinli 200 ga yaqin yashash xonalaridan iborat bo‘lib, 3,5 mlrd so‘mlik mebel jihozlari, muzlatkich, kir yuvish mashinalari, elektr plitalar, televizorlar va barcha zaruriy ashyolar bilan jihozlandi.
Bugun mazkur zamonaviy talabalar turar joyining foydalanishga topshirilishi natijasida institut talabalar turar joylari soni 3 taga yetdi va jami 1300 o‘rin yaratildi.