41






Bugun Buxoro viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i Azamat Naimov Buxoro davlat texnika universitetida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabulini o‘tkazdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan Buxoro viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i A.Naimovga va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Respublika ishchi guruhi a’zosi O.Ummatovga oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Fuqarolar tomonidan koʻtarilgan masalalar belgilangan tartibda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqilishi, qonun talablari asosida amaliy yordam berilishi haqida tushuntirib oʻtildi