O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi va Jondor tuman hokimligi mutassadilari tomonidan 2024 yilning 19 mart kuni tanlovning tuman bosqichi o‘tkazildi.
✅Tanlovning Jondor tuman bosqichida IQ testdan jami 60 nafar ishtirokchi muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa shulardan 22 nafari tanlovda o‘z loyihasi bilan ishtirok etdi. Tanlov yakuniga ko‘ra 5 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi.
💰Tanlov g‘oliblari bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida pul mukofotlarini qo‘lga kiritib, sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.