Buxoro davlat tibbiyot instituti Round University ranking (RUR) xalqaro reytingida ILK BOR qatnashib TOP 1000 universitetlar ro‘yxatiga kirdi.
Unga ko‘ra institut quyidagi kategoriyalarda o’rinni egalladi.
🔸 O‘qituvchilar reytingi 680
🔸 Tadqiqotlar reytingi 1104
🔸Xalqaro hamkorlikini yo‘lga qo‘yish reytingi 863
🔸Moliyaviy barqarorlik reytingi 986
Mazkur reyting OTMlarning global reytingi bo‘lib, unda dunyoning bir necha yuzlab yetakchi universitetlari faoliyatini to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha taqsimlangan yigirma ko‘rsatkich asosida baholaydi.
Round University ranking (RUR) dunyoning 1200 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholagan bo‘lib, umumiy ro‘yxatda AQSHdan 149 ta, Germaniya 15 ta, Angliya 71 ta, Rossiya 131 ta universitet joy olgan.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida institut 5-o‘rinnni egallagan.